Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘onda 13 ta eshakni ichak-chavoqlari va suyaklari tashlab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan ishchi guruh tuzildi va o‘rganish ishlari boshlandi.
Aniqlanishicha, voqea tumanning "Qo‘rg‘ontepa" MFY hududida sodir bo‘lgan. Mahalla aholisi va mas’ullar bilan suhbatlashib, huquqbuzarlarni aniqlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda..
Ushbu holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan. 3 nafar shaxs shu ishga gumondor sifatida jalb qilingan va tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.
Hozirda IIBB Karantin tadbirlarini tashkil qilish bo‘linmasi xodimlari tomonidan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan Oqqo‘rg‘on tumanida aniqlanib Ohangaronda fosh etilgan mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv va hududni dezinfeksiyalash ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling