Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik yo‘lladi

Davlat rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik yo‘lladi.

O‘zbekiston yetakchisi ikki davlat rahbarlariga Qozog‘istonning Oqtou shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan.

Davlat rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling