Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo harorati qanday boʻladi?

Havo harorati 26 oktabrda 13-15 daraja, 27 oktabrda 17-19 daraja atrofida boʻladi

Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududiga janubi-gʻarbdan nam havo massalari kirib keladi, buning hisobiga beqaror ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

26 oktabrda Oʻzbekiston boʻyicha kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoliy hududlar boʻyicha kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

27 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Havo harorati 26 oktabrda 13-15 daraja, 27 oktabrda 17-19 daraja atrofida boʻladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda yomgʻir kuchli yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanadi.

Toshkent shahrida 26 oktabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. 27 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 7-10 daraja, kunduz kunlari 25 oktabrda 21-23 daraja, 26 oktabrda 12-14 daraja, 27 oktabrda 17-19 daraja boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling