Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga yetib bordi

Bugun O‘zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo - Italiya" sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo - Italiya" sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling