Oʻzbekistonda kelasi hafta havo sovib, harorat -2 darajaga tushadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, 27 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 28-29 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 oktabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17°; 28 oktabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylrda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10°; 29 oktabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10°, Ustyurtda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 27 va 29 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 14-19°; 28 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 8-13°; 29 oktabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylrda 2° sovuqqacha, kunduzi 8-13°, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° boʻladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 27 va 29 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktabrda 5-10°, 29 oktabrda 0-5° iliq, baʼzi joylrda 2° sovuqqacha, kunduzi 27 oktabrda 14-19°, 28 oktabrda 8-13° boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 27 va 29 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktabrda 5-10°, 29 oktabrda 1-6° iliq, kunduzi 27 oktabrda 15-20°, 28-29 oktabrda 10-15° boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 27 va 29 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktabrda 5-10°, 29 oktabrda 0-5° iliq, kunduzi 27 oktabrda 13-18°, 28 oktabrda 10-15°, 29 oktabrda 8-13° boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 27 va 29 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28 oktabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13°; 28 oktabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 29 oktabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling