Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Bahmal” MFY hududida reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Unda fuqarolar A.T. va M.D. “Sho‘razak” zovuridan noqonuniy ov quroli, ya‘ni “elektr qarmoq”dan foydalangan holda turli xildagi jami 37 dona baliqni (20 dona “Kumush tovon” balig‘i, 3 dona “Moy baliq” va 14 dona “Ilonbosh” balig‘i) noqonuniy ravishda ovlab, rezina qayiqda suv havzasidan olib chiqib ketmoqchi bo‘lishganida to‘xtatib qolindi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy ravishda ovlangan baliqlar va noqonuniy ov quroli bo‘lgan 1 dona elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 1 dona akkumulyator, 1 juft eshkak, 1 dona tutgich va 1 dona tungi yoritish moslamasi holatga huquqiy baho berilgunga qadar vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yildi.
Mazkur holat sodir etilishi natijasida bir qator qonun talablari buzilgan. Hayvonot dunyosiga BHMning 865 baravari - 356,38 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborildi.