Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura.
Namangan viloyati Chust tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor S.Sh. va tuman elektr taʼminoti inspektori Yu.M. bilan til biriktirib, oʻziga qarashli ekin yer maydoniga oʻrnatilgan suv nasosini elektr tarmogʻiga hisoblagichsiz, shartnoma tuzmasdan, tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulab, 116,9 mln soʻmlik 43,2 ming kVt soat elektr energiyasini talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan S.Sh.ga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi hamda elektr taʼminoti inspektori Yu.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling