Andijonda 5 kishi konyakdan zaharlanib vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Andijon viloyatida 22-26 dekabr kunlari 22 nafar fuqaro aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” nomli konyak spirtlik ichimlik iste’mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling