Toshkent shahrining Sergeli tumani, Qumariq koʻchasida joylashgan Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida 22-yanvar kuni soat 02:10 da Lacetti avtomashinasi yonib ketdi.
Yongʻin-qutqaruv tehnikalari etilgan manzilga soat 02:16 da yetib borib, yongʻin soat 02:21 da oʻchirildi.
Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling