Samarqandda gaz va “svet”dan qarzdorlikni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

“Hududgaz” Pastdargʻom filiali operatori J.P. fuqaro M.A.ning xonadonida tabiiy gaz taʼminotidan 3 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib hamda yangi gaz hisoblagich oʻrnatib berishi evaziga 4 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bulungʻur tuman ETK elektro-montyori Sh.E. va boshqalar tadbirkor M.Sh.ning tikuvchilik sexida elektr taʼminotidan 14 mln soʻm qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 3,8 mln soʻmni olib, qarzdorlik boʻyicha tuzilgan dalolatnomani nobud qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling