Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida fuqarolar tomonidan qirg‘ovullar noqonuniy ovlangani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Jumladan, tumanning “Turkman” MFYda yashovchi fuqarolar S.T. va Z.N. tomonidan Nurobod tumani “Yuksalish” MFY hududida 7 ta yovvoyi Zarafshon qirg‘ovuli noqonuniy ovlanganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 288 million 400 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Samarqand viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Ma‘lumot uchun, Zarafshon qirg‘ovuli O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, zaifga yaqin tur hisoblanadi.