Hukumat tomonidan bugundan boshlab qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun 2500 soʻmdan toʻlash belgilandi.
“Bu narx aholimizni daromadlari oshishiga ham xizmat qiladi. Masalan, bir oiladan 4 kishi kuniga 400 kg. paxta terib, 1 000 000 soʻm ishlab topsa, bu qolgan 20-25 kunlik terimda 20-25 mln. oilaviy daromad degani”, — deyiladi Qashqadaryo viloyati hokimligi bergan xabarda.
Namangan viloyati hokimi ham paxta dalalarida bu haqda terimchilarga xabar berdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling