Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar qanchaga oshiriladi?

Pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi.

Prezidentning ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish bo‘yicha farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:

  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m;

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

  • 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 ming so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 ming so‘m;
  • oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 ming so‘m;
  • oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 ming so‘m;
  • Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 ming so‘m etib belgilandi.

2026-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi.

2026-yil 1-sentyabrdan:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 440 ming so‘m etib belgilandi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling