Andijonda piyoda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyatining Marhamat tumani “Mustaqillik” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda 26-aprel kuni soat 17:05 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

2006-yilda tug‘ilgan haydovchi o‘ziga tegishli Kamaz-5511 yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tish uchun keskin yugurib yuborgan piyodani urib yuborgan.

Hodisa oqibatida 1987-yilda tug‘ilgan piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling