Toshkentda Damas “peshexod”dan oʻtayotgan piyodani urib yubordi

Hodisa oqibatida piyoda tan jarohat olganligi sababli shifoxonaga olib ketilgan

Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Uch qahramon koʻchasida 7-oktabr kuni soat 15:00 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1994-yilda tugʻilgan I.M. Damas rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda S.M.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyoda tan jarohat olganligi sababli shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling