Toshkent viloyatida noqonuniy qum-shagʻal qazib olish natijasida tabiatga 3,6 mlrd soʻm zarar yetkazildi

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilmoqda

Toshkent viloyatining Piskent tumanida navbatdagi tungi reyd tadbiri oʻtkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Reyd davomida Piskent tumani hududidan oqib oʻtuvchi Ohangaron daryosining eski oʻzanida qum-shagʻal aralashmalari yuklagich yordamida qazilib, HOWO yuk transport vositasiga yuklab berilayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 3 mlrd 696 mln 204 ming 960 soʻm zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilmoqda.

Shuningdek, avtotransport vositalari Piskent tumanida joylashgan jarima maydoniga joylashtirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling