Namanganda Gentra yoʻldan oʻtayotgan piyodani urib yubordi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Namangan shahar, A.Temur koʻchasida 11-fevral kuni soat 06:40 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Nomaʼlum shaxs oʻzining boshqaruvida boʻlgan Gentra avtomashinasida harakatlanib, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda 1958-yilda tugʻilgan fuqaroni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada piyoda olgan tan jarohati sababli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKning 117-moddasi 2-qismi va 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Nomaʼlum haydovchini topish boʻyicha oʻtkazilayotgan tezkor qidiruv ishlari yuzasidan qora rangli Gentra avtomashinalar mutaxassislar tomonidan tekshirilib, tekshiruv yakunlangandan soʻng ruxsat berilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling