Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 25-fevral kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.
Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan soʻng, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.