O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila bugun tongda sodir bo'lgan

12-mart kuni soat 06:16 da Toshkent shahrida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila episentri: Toshkent viloyati, Toshkent tumani. Zilzila koordinatalari: 41,43 gradus shimoliy kenglik; 69,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 19 km shimoliy-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Toshkent tumanida 3 ball, 6 km.
  • Olmazor tumanida 3 ball, 10 km.
  • Shayxontoxur tumanida 2-3 ball, 15 km.
  • Uchtepa tumanida 2-3 ball, 16 km.
  • Chilonzor tumanida 2-3 ball, 17 km.
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida 2-3 ball, 18 km.
  • Yakkasaroy tumanida 2-3 ball, 18 km.
  • Mirobod tumanida 2 ball, 19 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 19 km.
  • Zangiota tumanida 2 ball, 20 km.
  • Yashnabod tumanida 2 ball, 22 km.
  • Sergeli tumanida 2 ball, 23 km.
  • Bektemir tumanida 2 ball, 26 km.
  • Yangi Hayot tumanida 2 ball, 27 km.
  • Qibray tumanida 2 ball, 27 km.

Shuningdek, 12-mart kuni soat 08:11 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,55 gradus shimoliy kenglik; 72,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 308 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 13 km.
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 23 km.
  • Buloqboshi tumanida 2 ball, 24 km.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling