Prezidentning tegishli farmonlari bilan, Administratsiyada bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Jumladan, Ravshan Gulyamov prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Obid Xakimov prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Aziz Magrupov prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.