Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24-oktyabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi.
Davlat rahbari Rossiya tomoni raisligida oʻtkaziladigan “BRIKS plyus” formatidagi yalpi sessiyada nutq soʻzlaydi.
Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni taʼminlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
BRIKS birlashmasi 2006-yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning aʼzolaridir.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling