Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobodga bordi

Davlat rahbarini aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi.

Davlat rahbarini aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Asosiy tadbirlar ertaga, 11-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300-yilligiga bagʻishlangan “ Zamon va sivilizatsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumining yalpi majlisida nutq soʻzlaydi.

Davlat rahbari tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling