Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi ish grafiki maʼlum qilindi

Bugun prezident joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. 

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining joriy ish haftasidagi grafiki yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun Shavkat Mirziyoyev joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. 

Kunning ikkinchi yarmida prezident AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landauni qabul qiladi.

O‘zbekiston YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda. Prezident Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida o‘tkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va ta‘lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Bundan tashqari, joriy haftada O‘zbekistonga Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb tashrif bilan keladi. 

Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling