Fargʻona viloyatida yashovch 3 nafar fuqaro oʻzaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming soʻm pulni Jizzax viloyatida 27 200 dollarga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming soʻmlik kupyuralar koʻrinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilganligi maʼlum boʻldi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling