Samarqandda 27-oktyabr kuni soat 12:30 larda 1983-yilda tugʻilgan shaxs oʻzini Man yuk mashinasi ostiga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura Repost.uz ga maʼlum qildi.
Xatirchi tumani “Polvonota” mahallasida yashagan shaxs ruhiy kasal boʻlgan.
Hodisa oqibatida fuqaro yuk avtomashinasi bosib ketishi oqibatida hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir boʻlgan joy koʻzdan kechirilib, marxumga nisbatan sud tibbiy ekspertiza tayinlangan va holatga guvoh boʻlgan shaxslardan tushuntirish xatlari olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling