Prezidentning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mamlakatida 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini, ularga tenglashtirilgan shaxslarni hamda, 1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida bir martalik pul mukofoti belgilandi. Jumladan:
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 ming dollar miqdorida;
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 mln soʻm miqdorida;
- 1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 mln soʻm miqdorida.