BAA kompaniyasi “Toshkent—Andijon” pullik yoʻlini qurish loyihasida ishtirok etishi kutilmoqda

Oʻzbekiston diplomatlari “MBS Global Investments” kompaniyasi ijrochi direktori bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston diplomatlari Birlashgan Arab Amirliklarining “MBS Global Investments” kompaniyasi ijrochi direktori Ajmal Sharafuddin bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbekistonda mavjud investitsiyaviy muhit, investorlar huquqlarini qonunchilik bilan himoya qilish boʻyicha islohotlar hamda 2030-yilga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazildi.

BAA vakili Oʻzbekiston farmatsevtika mahsulotlarni “Julphar” kompaniyasi bilan birgalikda yetkazib berishga qiziqish bildirildi. Ajmal Sharafuddinning aytishicha, birinchi bosqichda tibbiyotda kamyob boʻlgan dori vositalari Oʻzbekiston bozoriga kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish majmualaridan yetkazib beriladi. Ikkinchi bosqichda esa ularni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha loyiha amalga oshiriladi.

“MBS Global Investments” kompaniyasi infratuzilma sohasida Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan “Toshkent—Andijon” pullik yoʻlini qurish loyihasida ishtirok etishga taklif etildi.

Muzokaralar yakunida yuqorida muhokama qilingan loyihalar hamda Oʻzbekistonda qabul qilingan xususiylashtirish dasturi bilan batafsil tanishish maqsadida 2024m yilning noyabr oyida mazkur kompaniya vakillarining Oʻzbekistonga safarini amalga oshirishga kelishildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling