Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotining Oqtou shahri yaqinida halokatga uchrashi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Putin fojia Rossiya havo hududida yuz bergani uchun Ilhom Aliyevdan uzr so‘rab, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Holat yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaroviy va harbiy mutaxassislar so‘roq qilinayotgani ma’lum qilindi.
Hozirda Ozarbayjon Bosh prokuraturasining ikki nafar xodimi Grozniy shahrida bo‘lib, Rossiya Bosh prokuraturasi vakillari bilan hamkorlikda ishlamoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling