Surxondaryodan 267 dona qadimiy taqinchoqni qo‘shni davlatga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tekshiruv jarayonida uning qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ma‘lum qilinmagan 267 dona qadimiy taqinchoq qismlari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, ushbu ashyo­larning qadimiyligi va qiymatini aniqlash uchun bojxona xodimlari tomonidan badiiy ekspertiza tayinlandi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, 39 dona osma bezak ko‘rinishidagi kumush tangalar XIX asrda Buxoro amirligida zarb qilingan, qolgan taqinchoq qismlari ham XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid bo‘lib, madaniy boylik hisoblanadi.

Hozirda ashyoviy dalillar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling