Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olindi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi, deb xabar berdi DXX.

Maʼlum qilinishicha, Qamashi tumanida yashovchi, 1981-y.t. muqaddam sudlangan shaxs 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lamaganligi sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan g‘isht ishlab chiqaruvchi MCHJning soliq qarzdorligini to‘liq to‘lamasdan, zavodga nisbatan qo‘yilgan taqiqni o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab berish evaziga MCHJ rahbaridan 4000 dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur fuqaro oldindan 3000 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ham 3000 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling