3-noyabr kuni soat 14:30 larda “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 226-kilometrida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida yuk avtomobilida qisqa tutashuv sababli yongʻin yuzaga kelgan.
Ayni vaqtlarda FVV xodimlari tomonidan yongʻinni oʻchirish choralari koʻrilmoqda. Harakat xavfsizligi YPX xodimlari tomonidan toʻliq taʼminlanmoqda.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Ëngʻin yuzaga kelgani sabab transport vositalarining harakati cheklangan edi. Yongʻin toʻliq bartaraf etilib, transport vositalarining harakati toʻliq tiklandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling