Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shagʻal qazib olinishi natijasida tabiatga 273 mlrd soʻm zarar yetkazildi

Ish yuzasidan toʻplangan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda tezkor ekologik reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Shunday reydlardan biri Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani “Samarqand” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosi hududida boʻlib oʻtdi. Unda Chirchiq daryosi oʻzanidan MCHJ tomonidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasi qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi. 

Ushbu MCHJ bundan oldin ham davlat inspektorlari tomonidan ogohlantirilganligi va javobgarlikka tortilganligiga qaramasdan, oʻz faoliyatini davom etirgan.

Qum-shagʻal qazib olinishi natijasida tabiatga 273 milliard 802 million 688 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. Ish yuzasidan toʻplangan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling