Rossiyadan 3 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Ushbu bolalar mehnat muhojiri sifatida Rossiyaga kelgan

Moskvadagi vaqtinchalik saqlash markazi xodimlari hamda Oʻzbekiston IIV koʻmagida 11-fevral kuni uch nafar voyaga yetmagan bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu bolalardan biri onasi bilan, ikkinchisi esa ota-onasining ishonchnomasi asosida buvisi bilan, uchinchisi ham ishonchnoma asosida opalari bilan birga mehnat muhojiri sifatida Rossiyaga kelgan.

Bolalarning yaqin qarindoshlari mamlakat hududida boʻlib turish qoidalarini buzganligi sababli deportatsiya qilingan, bolalar esa Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling