Qashqadaryoda 18 yoshli qiz oʻzini 16 qavatli uyning tomidan tashladi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Qashqadaryoda 2007-yilda tugʻilgan qiz Mustaqillik koʻchasida joylashgan 16 qavatli uyning tom qismidan oʻzini pastga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uzʻga xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, qiz oʻz joniga qasd qilishi oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling