Ijtimoiy tarmoqlarda oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi.
Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan umumtaʼlim maktabida 8-fevral kuni 8-sinf oʻquvchilari “Ingliz tili” fani darsi vaqtida oʻquvchilar B.N va E.S oʻzaro tortishib turli soʻzlar bilan bir-birini haqorat qilgan.
Oʻqituvchi E.F darsdan chiqib ketishini aytgan, biroq oʻquvchi oʻqituvchining talabiga boʻysunmasdan unga nisbatan nooʻrin soʻzlar ishlatgan.
Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda oʻrganish olib borildi hamda pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Maktab tartib-qoidalarini buzgan oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan MJtK ning 47-moddasiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.