Sakkizta viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor

10–16-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida hamda Angren, Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida hamda Xonobod shahri.

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor. Bu holat ayrim hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling