Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Gʻuzor tumanida joylashgan “W.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-80 va AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling