Oʻzgiromet Oʻzbekistonda 12-fevral, chorshanba kuni havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli boʻladi, biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 3-5° iliq boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 ms gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
BUXORO VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 ms gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
NAVOIY VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 ms gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
SAMARQAND VILOYATI
Havo biroz bulutli yogʻingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.