24-27-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublika boʻyicha ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda.
24-27-fevral kunlari respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik, baʼzi joylarda kuchli (yomgʻir yogʻadi, 25-27-fevralda qorga aylanadi) boʻladi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
26-27-fevral kunlariga kelib, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.