Noyabr oyi oxirida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududining katta qismida havo iliq boʻladi

Haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududining katta qismida havo iliq boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

25-27-noyabr kunlari harorat asosan kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 darada iliq, janubda kechalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq atrofida boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 2-7 daraja sovuq boʻladi, kunduz kunlari esa harorat 7-12 daraja iliqdan oshmaydi.

Ushbu kunlarda respublika boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida 26-noyabr kuni kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi boshlanadi. 28-29-noyabrda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va 28-noyabrda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Yomgʻir yogʻishi iliq ob-havoda kuzatiladi, 28-noyabrda harorat kechasi 7-10 daraja iliq, kunduzi 17-20 daraja iliq atrofida boʻladi. 29-noyabrda haroratning pasayishi boshlanadi, kunduz kungi harorat 10-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

28-noyabrda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida, 28-29-noyabrda respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Toshkent shahrida 25-28-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 4-7 daraja iliq, 28-noyabrda 7-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq boʻladi.

29-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 7-10 daraja iliq, kunduzi 10-13 daraja iliq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling