Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi

Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi

Prezidentning “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimi;
  • tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga – hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi lavozimi kiritiladi.

Ular oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini koʻpaytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling