Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan navbatdagi tungi nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.
Qorovulbozor tumani hududida olib borilgan reyd davomida Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilganra 20 dona Turkiston moʻylovdori hamda 25 dona zogʻo baligʻini ovlagani aniqlandi. Ular baliqlarni olib ketayotganida tezkor guruh xodimlari tomonidan toʻxtatildi.
Ushbu huquqbuzarlik natijasida tabiatga 1 mlrd 603 mln 125 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora koʻrish maqsadida prokuratura organlariga taqdim etildi
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling