Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi Toʻdakoʻl dam olish maskani hududida nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Reyd tadbiri davomida Karmana tumanida yashovchi huquqbuzar O.S tomonidan Toʻdakoʻl dam olish maskani hududida ikki tup jiyda, bir tup qayragʻoch va bir tup aylant daraxtlarini hech qanday ruxsatsiz tag qismidan kesib tashlanganligi aniqlandi.
Mazkur holat boʻyicha huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 mln 375 ming soʻm jarima hamda 43 mln 125 ming soʻm tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.