Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga raislar saylandi

18-noyabr kuni oʻtkazilgan yangi tarkibdagi birinchi majlisida palata qoʻmitalari tuzildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-noyabr kuni oʻtkazilgan yangi tarkibdagi birinchi majlisida palata qoʻmitalari tuzilib, raislari saylandi.

Ular:

— Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi;

— Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi;

— Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi;

— Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi;

— Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi;

— Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi;

— Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi;

— Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi;

— Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;

— Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi.

Ravshan Mamutov Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi etib, Sharofiddin Nazarov Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi etib, Gulrux Agzamova Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi etib, Ilhom Abdullayev Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi etib, Jahongir Shirinov Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi etib, Bobur Bekmurodov Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisi etib, Nodir Jumayev Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisi etib, Ulugʻbek Shermatov Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi etib, Xayrullo Gʻafforov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi etib saylandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling