Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlarga davlat mulkini garovga qoʻyish, baholash va ommaviy savdolarga chiqarish, davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning homiylikka sarflanadigan xarajatlari va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling