Farg‘onada fuqaroning uyidan 120 ming dollar va 315,5 mln so‘m qalbaki pullar topildi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qalbaki kupyuralar muomalaga chiqib ketishdan to‘xtatib qolindi, deb xabar berdi DXX.

Farg‘ona viloyatida 2003-y.t. mahalliy fuqaro qalbaki pullarni muomalaga kiritish bilan shug‘ullanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 50 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni “shartli xaridor”ga haqiqiy 8 mln so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, 50, 100 va 200 ming so‘mlik jami 315,5 mln so‘m miqdoridagi qalbaki kupyuralar hamda 100 dollarlik jami 120 ming dollar miqdoridagi qalbaki kupyuralar borligi maʼlum bo‘ldi va tegishli tartibda olib qo‘yildi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu qalbaki pul mablag‘larini unga yetkazib bergan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling