Qo‘qondagi sexda 6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qo‘qondagi “X.F” MCHJga qarashli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sexida gazga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmtai xabar berdi.

Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, MCHJ tomonidan 6 mlrd so‘mlik 2,1 mln kub metr gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling