Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot safiga qo‘shilishga hayrihox bo‘lgan shaxs 6 yilga qamaldi

Ushbu shaxs yaqin tanishlari va o‘zining sinfdoshlari orasida “jamoat” shakllantirib, ularni Suriyaga “hijrat” qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qo‘shilishga daʼvat qiladi.

Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs 2021-yilda Telegram‘da kanal yaratib, unga aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni joylab, kanalning 9 nafar obunachisiga tarqatadi

Bundan tashqari u Instagram‘da xozirgi kunda Suriyada faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining instruktur va media targ‘ibotchisi  bilan bog‘lanib, uning daʼvatlari taʼsiriga tushadi.  

So‘ngra, Suriyaga jihod qilish uchun nima qilish kerakligi to‘g‘risida o‘zaro audio va xabar orqali yozishmalar olib borib, XTT safiga qo‘shilishga hayrixohlik bildiradi. 

Ushbu shaxs yaqin tanishlari va o‘zining sinfdoshlari orasida “jamoat” shakllantirib, ularni Suriyaga “hijrat” qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qo‘shilishga daʼvat qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari to‘xtatib qolinib, huquqiy baho berildi.

Natijada ushbu shaxs jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi tomonidan aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling