15—18-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi. Bu haqda OʻzA Oʻzgidrometga tayanib xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
“Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.