Jizzaxda 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi quriladi

Oʻzbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi

Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan:

  • ISSV va SANY Renewables International Investment Co., Ltd. oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi;
  • Xitoyning Liquip International kompaniyasi Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish boʻyicha boʻyicha Investitsiya bitimlari qabul qilindi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling